"Rubin" mag'lubiyatga uchradi, O'rozovda avtogol

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 23:57
Rossiya Premer-ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 10-turidan o'rin olgan "Rubin" (Qozon) va "Dinamo" (Moskva) jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Qozondagi "Ak Bars Arena" stadionida kechgan bellashuvni Ivan Abrosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yinning 30-daqiqasida Qozon klubi a'zosi Jahongir O'rozov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 37-daqiqada "Rubin" himoyachisi Ilya Samoshnikov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 83-daqiqada esa bosh hakam "Dinamo" himoyachisi Rubensni ham maydondan chetlatdi.

“Rubin” - “Dinamo” 0:1

Gol: O'rozov 30 (avtogol).

10 ta turdan so'ng 12 ochko to'plagan "Rubin" RPL turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi. 22 ochko jamg'argan "Dinamo" esa birinchi pog'onaga ko'tarilib oldi. Xuddi shuncha ochkoga ega SSKA jamoasi ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia