

- Biz bu o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Osiyo Chempionlar Ligasi biz uchun juda muhim musobaqa. Birinchi o'yinda yaxshi natija ko'rsata olmagandik, shu sababli o'z muxlislarimiz qarshisida munosib o'yin ko'rsatib, g'alabani qo'lga kiritamiz degan umiddamiz, - dedi Postekoglu yakshanba kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
Avstraliyalik mutaxassis o'yinlarning tig'izligi va jarohatlar so'nggi paytlarda jamoaning o'yiniga salbiy ta’sir ko'rsatganini ta'kidladi:
- Biz qattiq mehnat qilyapmiz. Ketma-ket ko'plab o'yinlarda maydonga tushish juda qiyin. Dastlabki to'rt-besh o'yinda yaxshi harakat qildik, ammo keyinchalik tig'iz grafik sabab muammolarga duch keldik. O'tgan juma kuni futbolchilar taktik jihatdan men talab qilgan barcha topshiriqlarni bajarishdi, bundan xursandman. Ayniqsa murakkab damlarda barcha bor kuchini sarflamoqda. Maqsadimiz - so'nggi o'yindagi ijobiy jihatlarni rivojlantirib, muvaffaqiyatlarga erishishda davom etish.
Tarkib borasidagi qarorlar haqida gapirar ekan, murabbiy shunday dedi:
- Avvad ajoyib o'yin ko'rsatdi, u mahoratli futbolchi va hali ko'p imkoniyatga ega bo'ladi. O'yindan oldin so'nggi mashg'ulotni o'tkazamiz va unda futbolchilarning tayyorgarlik darajasini yana bir bor ko'rib chiqamiz. Juau esa ajoyib o'yinchi, u bizda uchta turli poziciyada o'ynadi. Eng muhimi, uning jismoniy holati joyida ekaniga amin bo'lish, chunki u Jahon chempionatidan so'ng juda ko'p o'yinlarda qatnashdi. Uni bir nechta poziciyada o'ynay olishidan xursandmiz.
Shuningdek, murabbiy Ayman jarohat olgani va sport formasini tiklashga harakat qilayotganini, Sami esa butun bir yilni o'tkazib yuborganini aytib o'tdi. Uning takidlashicha, jamoada o'yinchilar soni cheklangan va hamma maydonga tushish imkoniyatini kutmoqda.
O'z navbatida, "Al Nassr" himoyachisi Navaf Bushal ham "Neftchi"ga qarshi bo'lajak uchrashuvning ahamiyatini alohida qayd etdi:
- Tayyorgarligimiz yuqori darajada. Birinchi o'yinda kerakli natijaga erisha olmaganimiz bois, bu bahsning qanchalik muhimligini yaxshi tushunib turibmiz. Umid qilamizki, g'alaba biz tomonda bo'ladi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan Ko'rfaz kubogida zafar kuchgani haqida gapirar ekan, Bushal shunday dedi:
- Barchani mamlakatimiz uchun muhim bo'lgan ushbu sovrin bilan tabriklayman. Terma jamoa bilan chempion bo'lish katta sharaf. Saudiya xalqiga quvonch ulashish bizga faxr va yanada ko'proq mehnat qilish mas'uliyatini yuklaydi.
Klub bilan shartnomani uzaytirish borasidagi savolga u quyidagicha javob berdi:
- Bu rahbariyat va agentimga tegishli masala, yaqin orada hammasi ijobiy hal bo'ladi degan umiddaman. Bizdan talab qilinadigani - klub bilan ishtirok etayotgan har bir turnirda chempionlik uchun kurashish.
So'zining yakunida Bushal "Al Nassr" muxlislariga murojaat qildi:
- Muxlislar - bizning eng asosiy suyanchig'imiz va kuch manbaimizdir. ularning chempionlikda hissasi juda katta bo'lgan. Ertaga ham ularni stadionda kutib qolamiz va g'alaba bilan xursand qilishga harakat qilamiz.



