Legionerlarimiz. Sherzod Temirov Iroq chempionatidagi 16-golini urdi, jamoasi g'alaba qozondi

Khoja
8 mar 2026
Iroq chempionatida 21-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Hamyurtlarimiz Sherzod Temirov va Marlen Chobanov to'p tepadigan "Arbil" "Al Karma" mehmoni bo'ldi. Qiziqarli o'tgan bellashuvda "Arbil" raqibini 3:2 hisobida engdi. Temirov 35-daqiqada jamoasining o'yindagi birinchi goliga mualliflik qilgan bo'lsa, Chobanov esa o'yinda to'liq harakat qildi. O'zbekistonlik hujumchining Iroq chempionatidagi gollari soni 16 taga etdi va to'purarlar poygasida yetakchilikni saqlab qoldi.



KhojaMuallif
Manba: championat.asia