

"Sky Sports"ning ma'lum qilishicha, "Siti" rahbariyati bosh murabbiyini matbuotning noqulay savollaridan himoya qilish uchun keskin choralar ko'rdi.
Klub jurnalistlarga "Bornmut"ga qarshi bo'lajak o'yin oldidan matbuot anjumanida Gvardiolaga uning kelajagi bo'yicha savol berishni taqiqladi.
Ingliz klubi ispaniyalik murabbiy bir yil tatil olib, klubdagi futbol faoliyatini yakunlashni rejalashtirayotgani haqidagi xabarni ichkaridagilar tarqatib yuborganidan so'ng OAVni tinchlantirish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.
Gvardiola mavsum oxirida "Manchester Siti"ni tark etishi kutilmoqda, ammo klub hali bunga izoh bermadi.
Avvalroq ispaniyalik murabbiyning ketishi haqidagi rasmiy tasdiq yakshanba kuni Angliya Premer-ligasining 38-turi doirasida "Aston Villa" bilan bo'lib o'tadigan o'yindan keyinga (24 may) rejalashtirilgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.



