Arteta chempionlikni qo'lga kiritganidan so'ng "Arsenal" futbolchilariga murojaat qildi

Sherzod Nurmatov
21 may 2026, 14:02
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta 2025/26 yilgi Angliya Premer-ligasidagi chempionlikdan keyin futbolchilarga maktub yo'lladi.

Bu "kanonirlar"ning 22 yil ichidagi birinchi chempionligi.

"Biz yana tarix yaratdik. Buni birgalikda uddaladik. Men bu klub bilan bog'liq bo'lgan barchadan nihoyatda xursandman va faxrlanaman. Keling, bu lahzadan zavqlanaylik", – dedi Arteta.

"Arsenal" 82 ochko to'pladi va Angliya chempioniga aylandi. "Manchester Siti" 37 o'yindan so'ng 78 ochko bilan ikkinchi o'rinda. Xosep Gvardiola jamoasi chempionlikni qo'lga kiritish imkoniyatini amalda yo'qotdi.

Bu londonliklarning 2004 yildan beri birinchi liga g'olibligi va tarixdagi 14-chi chempionligi. Ular oxirgi marta chempionlikni 22 yil oldin, Arsen Venger bilan mag'lubiyatsiz mavsumda qo'lga kiritgan.

Arteta uzoq kutilgan chempionlik uchun 7 yil ishladi. U ligada ikki marta sakkizinchi, bir marta beshinchi va keyin ketma-ket uch marta ikkinchi o'rinni olgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com