"Biz bu uchun juda uzoq harakat qildik": Rays "Arsenal"ning chempionligi haqida

Sherzod Nurmatov
21 may 2026, 14:52
"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays London klubining uzoq kutilgan APL chempionligi haqida hissiyotlar bilan gapirdi.

Deklan Rays o'z his-tuyg'ularini yashirmadi va jamoa qiyin yillarda ham shu lahzaga intilganini tan oldi.

"Biz chempion bo'la olishimizga ishongandik. Ammo klub so'nggi 10 yil ichida nimalarni boshdan kechirganini o'ylab ko'rsangiz, bu o'zgacha lahza. Juda ko'p ko'tarilishlar va pasayishlar. Bu bayramning bir qismi bo'lish - ajoyib", – dedi Rays.

"To'pchilar" "Manchester Siti" "Bornmut" bilan 1:1 hisobida durang o'ynaganidan so'ng chempionlikni muddatidan oldin qo'lga kiritdi. Bu "Arsenal"ning 2003/04 yilgi mavsumdan beri qo'lga kiritgan birinchi APL tituli.

Igliz yarim himoyachisi 2023 yilning yozida "Vest Xem"dan "Arsenal"ga qo'shilgan va Arteta jamoasida yetakchi shaxsga aylangandi.

Deklan joriy mavsum 54 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent