

"Real" 19 yoshli vinger bilan shartnoma imzolanganini 6 avgust kuni e'lon qilgandi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubi Kot-d’Ivuar terma jamoasi a'zosi uchun 125 million evro hamda 15 million evro bonus to'lagan va bu "Real" tarixidagi eng qimmat rekord transferga aylangan.
"Uning istedodini o'zingiz ham ko'rib turibsiz. Biz uni himoya qilishga harakat qilamiz. O'yinlar davomida uning 140 million evrolik transfer summasi haqida ko'p gapirishadi. U esa nega o'ziga buncha pul to'langanini allaqachon isbotlab qo'ydi", – deya Mbappening so'zlarini keltirdi AS nashri.
Ispaniya chempionatining 6-turida "Elche"ga qarshi kechgan bahsda (3:2) Diomande golli uzatmani amalga oshirdi. Bu uning "qaymoqranglilar" safidagi ilk samarali harakati bo'ldi.
"Real" 15 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. 1-pog'onada esa "Barselona" (18 ochko) bormoqda. 20 sentyabr kuni "qaymoqranglilar" Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida safarda "Atletiko" bilan to'qnash keladi.



