Kuman Niderlandiya va O'zbekiston nega ikkita o'yin o'tkazishi hamda kunning issiq vaqti tanlanganiga izoh berdi

Оқил Абдубарноев
8 iyun 2026, 18:54
Niderlandiya milliy terma jamoasi bugun tunda Nyu-Yorkda O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

"Biz birinchi o'yindan imkon qadar kamroq o'zgarishlar qilish uchun foydalanmoqchimiz. Bu rejamiz qanchalik ish berishini kuzatishimiz kerak.

Birinchi uchrashuvda asosiy tarkibimiz bilan maydonga tushamiz. Mazkur bellashuv 100 foiz tayyor bo'lmagan yigitlar uchun ham yaxshi imkoniyat, chunki ular ikkinchi o'yinda maydonga tusha olishadi.

Shu sababli ham biz ikkita o'yin o'tkazyapmiz. Ixtiyorimizda 26 nafar futbolchi bor va ularning barchasi o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.

Ob-havoning issiqligini hisobga oladigan bo'lsak, bu Jahon chempionati oldidan ongli ravishda qabul qilingan qarordir", – dedi jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Bein Sports