Klarens Zeedorf Braziliya klubida ish boshladi

Sherzod Nurmatov
13 okt 2026, 19:35
Braziliyaning "Korintians" klubi “Milan”, “Real” va Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.

Mutaxassisning San-Paulu klubi bilan tuzgan mehnat bitimi 2027 yil oxirigacha amal qiladi.

"Bu chorlovni qabul qilish katta sharaf, ammo shu bilan birga ulkan mas'uliyat hamdir. Men bor kuchimni berish va har bir to'p, har bir daqiqa hamda har bir g'alaba uchun kurashadigan jamoa tuzish uchun shu yerdaman", – dedi Zeedorf.

Avvalroq Klarens Zeedorf murabbiy sifatida "Milan", "Shenchjen", "Deportivo" (La-Korunya) va Kamerun terma jamoasida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: corinthians.com.br