

Bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 53-daqiqada "Nyu-Inglend Revolyushn" yarim himoyachisi Daniel Gazdag tomonidan ochildi.
69-daqiqada "Inter" hisobni tenglashtirdi, Lionel Messining uzatmasidan so'ng Xerman Berterame gol muallifi bo'ldi. 83-daqiqada esa Leo o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi.
"Inter Mayami" ushbu g'alaba tufayli "Nyu-Inglend Revolyushn"ni ortda qoldirib, Sharqiy konferenciyada 2-o'ringa ko'tarilib oldi.



