

Jamshid Iskanderov: Biz juda yaxshi kayfiyatda yetib keldik. Menimcha, ertaga qiziqarli o'yin bo'lib o'tadi. Biz bunga to'liq tayyormiz.
- Oxirgi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng jamoa a'zolarining ruhiy holati qanday? Xatolar ustida qanday ishlandi?
- O'z maydonimizda alamli mag'lubiyatga uchragandik. O'ylaymanki, barcha buni unutdi. Chunki o'sha kuni yaxshi o'yin ko'rsatdik, g'alaba yoki hech bo'lmaganda durang qayd etishga loyiq edik. Barcha futbolchilar bu mag'lubiyatni ortda qoldirib, bo'lajak uchrashuvga to'liq tayyor holatda turishibdi. Bu erga shunchaki kelmadik, Xudo xohlasa, uch ochkoni qo'lga kiritib qaytamiz degan umiddaman.
- Raqib safida O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Odiljon Hamrobekov to'p surmoqda. Biz bu futbolchini yaxshi bilamiz. Uning o'zbek futbolini yaxshi bilishi jamoamiz uchun salbiy jihat bo'lishi mumkinmi yoki aksincha, bizning uni yaxshi bilishimiz ustunlik beradimi?
- U juda kuchli futbolchi, uni yaxshi bilamiz. Lekin biz alohida bir futbolchiga emas, butun jamoaga qarshi to'p tepamiz. Qiziqarli o'yin bo'ladi. U ham bizni, biz ham uni juda yaxshi bilamiz. Ertaga kuchli jamoa g'alaba qozonsin.



