

Futbolchi jamoa bosh murabbiyi Javod Nekunam bilan birgalikda o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etib, Farg'ona klubini yuqori baholadi.
“Bizni “Neftchi”ga qarshi juda qiyin va murakkab o'yin kutmoqda. Raqib haqida etarlicha ma'lumotga egamiz. Umid qilamanki, bor kuchimiz va diqqatimizni jamlagan holda maydonga tushib, kerakli natijaga erishamiz”, – dedi Shiriy.
Shuningdek, yarim himoyachi Eron klublarining xalqaro musobaqalardagi sharoitlari va uchrashuvlarni neytral maydonlarda o'tkazishga majbur bo'layotgani haqida ham fikr bildirdi.
“Avvalo, shuni aytishim kerakki, agar bu yilgi uchrashuvlarni o'z mamlakatimizda qabul qilganimizda, sharoitimiz ancha yaxshi bo'lardi.
Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniridagi o'yinlar juda muhim. Bu musobaqada kamroq xato qiladigan va yuqori koncentraciyani saqlay oladigan jamoa muvaffaqiyatga erishadi.
“Neftchi” mehnatkash va maydonda ko'p harakat qiladigan jamoa. Biz ham birinchi daqiqalardanoq yuqori bosim o'tkazish uchun bor kuchimizni ishga solamiz”, – dedi futbolchi.
Shiriy “Al-Ayn”ga qarshi uchrashuv va Fors ko'rfazi mamlakatlari klublari bilan raqobat haqida ham to'xtalib o'tdi.
“Al-Ayn”ga qarshi o'yin biz uchun eng qiyin bahslardan biri bo'ldi. Raqib tarkibida yuqori saviyali futbolchilar bor, o'z stadionida esa kuchli muhit yaratilgan edi.
Fors ko'rfazi mamlakatlari klublari katta mablag' sarflab, sifatli futbolchilarni jalb qilmoqda. Shu sababli Eron klublari uchun ularga qarshi o'ynash tobora qiyinlashmoqda. Hozirda BAA va Fors ko'rfazining boshqa mamlakatlari klublari bilan Eron jamoalari o'rtasidagi saviya farqi ortib bormoqda”, – dedi Shiriy.
Futbolchi uzoq safarlar bilan bog'liq qiyinchiliklarni ham ta'kidlab, “Traktor” o'z maydonida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lganida, jamoaning holati ancha yaxshi bo'lishini bildirdi.
Ma'lumot uchun, “Traktor” va “Neftchi” o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 4-tur uchrashuvi 2 noyabr kuni Ummon poytaxti Maskatdagi “Sulton Qobus” sport majmuasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.



