

Belgiyalik mutaxassis “Real” bilan javob uchrashuvida sariq kartochkaga loyiq ko'rilgani uchun PSJ bilan yarim finalning ilk o'yinida qatnashmaydi.
Unga quyidagi jazolar qo'llangan:
🔸 U PSJga qarshi o'yin uchun jamoa bilan birga sayohat qiladi, lekin kelganidan keyin ulardan ajralishi kerak.
🔸 Unga kiyinish xonasiga kirish hamda futbolchilar va xodimlar bilan har qanday muloqot taqiqlangan.
🔸 U faqat jamoa bilan aloqada bo'lmagan holda media-vazifalarini bajarishi mumkin.
🔸 U o'yinni UEFA vakili nazorati ostida alohida VIP-lojadan tomosha qiladi.
🔸 Har qanday telefon aloqasi qatiyan man etilgan.
Eslatib o'tamiz, PSJ – “Bavariya” bellashuvi bugun 23:59 da boshlanadi.



