JCH-2026. Marokash ustunlik qilgan, Braziliya esa o'ziga o'xshamagan o'yinda durang qayd etildi

Administrator
14 iyun 2026, 05:05
Jahon chempionati S guruhidan o'rin olgan Braziliya va Marokash jamoalari ilk turda bir ochkodan qo'lga kiritishdi.

Braziliya – Marokash 1:1

Gol: Ismoil Saybari 21, Vinisius Junior 32

03:00, MetLife Stadium

Braziliya: Alisson – Duglas Santos, Magalyaes, Markinos, Ibanes (Danilo Luis, 46) – Kazemiro (Fabino, 46), Gimaraes (Danilo Santos, 80) – Vinisius, Rafinya, Paketa (Kunya, 61) – Tiago (Luis Enrike, 62)

Marokash: Bunu – Mazraui (Salax-Eddin, 80), Riad, Diop, Xakimi – Buaddi, El-Aynaui – El-Xannus (Amaymuni, 80), Unai (El-Murabet, 65), Dias (Talbi, 65) – Saybari (Raimi, 89)

90+10. Birinchi turning markaziy uchrashuvi durang bilan yakunlandi.

90+9. ZARBAAA! Al Aynauiyning zarbasini Alisson qaytardi. Qayta berilgan zarbani ham darvozabon qaytardi.

90+6. Oxirgi daqiqalar Marokashning biroz ustunligida o'tmoqda. Braziliya emas, Marokash gol urishga chanqoqroqdek ko'rinmoqda.

90+3. Yassin Bunu oxirgi daqiqada ikki marta raqib zarbasini qaytarishga erishdi.

90+1. Yaxshi hujum. Rafinya jarima maydoni ichida to'pni Daniloga oshirdi, u esa to'pni o'ziga bo'ysindira olmadi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 10 daqiqa qo'shib berildi.

83. Uxx! Rafinya himoyachining xatosidan keyin birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan edi, ammo Bunu reakciya ko'rsatib, to'pni tepib yubordi.

DSC_1877.jpeg

80. Braziliya tarkibida o'zgarish: Bruno Gimaraynsh o'rniga Danilo Santos maydonga tushirildi.

80. Marokashda navbatdagi almashtirish: Bilal El Xannuss maydonni tark etdi, uning o'rniga Ayyub Amaymuni tushirildi.

80. Yana bir o'zgarish: Annas Saloh-Eddin Nussair Mazraui o'rniga o'yinga qo'shildi.

78. Yassin Bunu jarohat olgani sababli uchrashuvda to'xtalish yuzaga keldi.

DSC_1781.jpeg

78. Braziliyadan yaxshi hujum. Vinisius qanotdan yorib kirdi va ichkaridagi Rafinyaga to'pni uzatdi. Rafa bergan zarba darvozabonning qo'liga bordi.

71. Marokashdan ajoyib hujum. Saybari tomonidan berilgan zarbaga biroz aniqlik yetishmadi. Ofsayd ekan.

65. Marokash tarkibida o'zgarish: Azzedin Unahi o'rniga Samir El Murabet maydonga tushirildi.

65. Muhammad Uahbi yana bir almashtirish qildi: Brahim Dias o'rnini Shemsdin Talbi egalladi.

61. Igor Tiago maydonni tark etdi, uning o'rniga Luiz Enrike tushirildi.

61. Karlo Anchelotti yana bir o'zgarish qildi: Mateus Kunya Lukas Paketta o'rnini egalladi.

50. Ikkinchi bo'lim tempi biroz tushdi. To'xtalishlar ham etarlicha.

46. Ikkinchi bo'lim start oldi.

46. Tanaffusda Braziliya tarkibida ikki o'zgarish: Kasemiro o'rniga Fabino, Ibanes o'rniga Danilo maydonga tushdi.

45+4 Birinchi bo'lim yakunlandi. Marokashga qoyil. Braziliyaga ham. Yaxshi taym namoyish qilishdi.

45+2 Zarbaaa! Paketaning qaychi uslubida bergan zarbasi Yassin Bunu tomonidan qaytarildi.

46. Birinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43. Ibanez ham sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

37. Kazemiro qo'pol harakatlari sabab birinchi sariq kartochkani oldi.

32. GOOOOOOOOOOOOOL! Vinisius Junior jarima maydonchasi ichida o'z uslubida bir himoyachini dog'da qoldirdi va to'pni darvozaga mixlab qo'ydi!

31. Hakimi bugun zarba berishdan charchamayapti, ammo uning zarbalari borgani sari noaniqroq bo'lmoqda. Bu safar eng yuqoridagi tribunalar nishonga olindi.

27. Ashraf Hakimi reyd uyushtirib, 14-hududgacha keldi va zarba yo'lladi. Noaniq.

21. GOOOOOOOL! Marokash hisobni ochmoqda! Braim Dias uzoq masofaga bergan ajoyib pasidan so'ng Ismoil Saybari kiper bilan birga bir vaziyatga chiqdi va to'pni darvozabon ustidan oshirib, gol urdi.

20. Lukas Paketa tomonidan berilgan zarbani raqib himoyachisi blokladi. Braziliya o'ziga o'xshashga harakat qilmoqda.

18. Rafinya to'pni jarima maydoni ichidagi Viniga oshirgandi, biroq “Real” futbolchisi to'pni o'ziga bo'ysindira olmadi.

15. Braziliya o'yinni raqib jarima maydoni yaqiniga ko'chirdi, ammo hozircha “pichoqqa ilinadigan” hujum yo'q.

Bugun Nyu-York ikkiga bo'lingan. NBA da beshinchi final uchrashuvi o'tkazilmoqda. “Nyu-York Niks” g'alaba qozonsa, chempion bo'lishi mumkin. Ehtimoliy g'alabadan so'ng ularning aqldan ozgan muxlislari shaharni ostun-ustun qilishi kutilmoqda. Buyoqdan Marokash yoki Braziliya g'alaba qozonsa, ularning yoniga qo'shilishadi. Uyog'ini tasavvur qilavering.

10. Uchrashuvda Marokash ustunlikka erishmoqda, mag'ribliklar ketma-ket hujumlar uyushtirishga harakat qilishmoqda. Braziliya, uyg'on, Nyu-Yorkda soat 03:15 emas-ku!

7. Zarbaaaa! Ashraf Hakimi o'tkir burchakdan zarba berdi, ammo biroz noaniq.

Jahon chempionati final uchrashuvi o'tkaziladigan MetLife stadioni.

5. Jamoalar Jahon chempionati ob-havosiga o'rganib olishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi!

Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

Jamoalar tarkibi:

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia