

"Bu erga kelishimdan oldin ham Germaniya futboli eng yaxshi davrlarni boshdan kechirmayotganini bilardim. Yurgen Klopp shunchaki kelib, qo'lini bir siltash bilan barcha mavjud muammolarni hal qila olmasligi aniq edi. Endi, o'ylashimcha, bu narsa mutlaqo hammaga ayon bo'ldi.
Har qanday ijobiy o'zgarishlar, qoida tariqasida, biz xohlagandan ko'ra sekinroq yuz beradi, qo'yilgan oldinga qadamlar esa ko'pincha juda kichik bo'lib tuyuladi. Ammo shunday vaqt keladi, va umid qilamanki, bu yaqin orada sodir bo'ladi, jamoamizga qarshi o'ynash har qanday raqib uchun juda qiyin bo'lib qoladi", - dedi Klopp matbuot anjumanida.
Klopp Germaniya terma jamoasi ustozi sifatida allaqachon ikkita o'yin o'tkazdi - Niderlandiya bilan durang o'ynadi (1:1) hamda Gretsiyaga imkoniyatni boy berdi (0:1).



