"Real" kim uchun uchun 150 million evro taklif qilishi ma'lum - AS

6 iyun 2026, 08:45
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres keyingi haftada "Bavariya"ning qanot hujumchisi Maykl Olisening transferi uchun 150 million evro taklif qiladi.

Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "qirollik klubi" rahbari kelasi seshanba kuni "qaymoqranglilar" tarixidagi eng katta transfer taklifini amalga oshirishini e'lon qilgan edi. Biroq Peres bu futbolchi Olise bo'lmasligini takidlagandi.

Manbaning xabariga ko'ra, fransiyalik hujumchining ehtimoliy transferi oson kechmaydi, chunki "Bavariya" futbolchilarni sotishdan tushadigan pullarga muhtoj emas.

Yakunlangan mavsumda Olise barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 150 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS