Klopp "Real"ni boshqarishni o'z zimmasiga oladimi? Asl haqiqat qanday?

Sherzod Nurmatov
1 may 2026, 13:20
"Liverpul" sobiq murabbiyi Yurgen Klopp - "Real"da bosh murabbiyi lavozimiga da'vogarlardan biri.

"Diario As" nashrining xabar berishicha, bu ehtimol deyarli nolga teng. Kloppning o'zi murabbiylar o'rindig'iga qaytishga qiziqish bildirmayapti, agar bu Germaniya futbol ittifoqidan bo'lmasa.

Nemis murabbiyi "Real" short-listida yo'q va hech qachon bo'lmagan.

Shuning uchun "Liverpul" sobiq murabbiyi hozirda "Red Bull" konglomeratining global futbol direktori lavozimiga e'tibor qaratmoqda, "Real" esa Joze Mourinyu kabi boshqa nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario As