Germaniya terma jamoasining eng yosh futbolchisi jarohat oldi va mundialni o'tkazib yuboradi

6 iyun 2026, 07:55
Myunxenning "Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Lenart Karl jarohati sababli 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnasha olmaydi.

Bu haqda Sport Bild xabar bermoqda.

Bundan avvalroq futbolchi mashg'ulot paytida jarohat olganini Bundestim bosh murabbiyi Yulian Nagelsman ma'lum qilgan edi. Endilikda Karlda mushak tolasi yirtilishi tashxisi qo'yilgani ayon bo'ldi. Xavbek dunyo birinchiligigacha tiklanishga ulgurmaydi, uning o'rnini Germaniya milliy terma jamoasi qaydnomasida "RB Leyptsig" klubi a'zosi Assan Uedraogo egallaydi.

JCH-2026da Germaniya terma jamoasi "E" guruhida Kyurasao, Kot-d'Ivuar va Ekvador milliy terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Bild