

Transfer uchun nomzodlardan biri "Nyukasl Yunayted" futbolchisi Lyuis Xoll hisoblanadi. "Qarg'alar" o'yinchini sotishni istashmayapti va uning narxini 70 million evro etib belgilashgan. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning vaziyatdan xabardor shaxslarga tayanib ma'lum qilishicha, "qizil iblislar" "Ayntraxt" chap qanot himoyachisi Nataniel Braun va "Barselona" futbolchisi Alexandro Balde variantlarini ham o'rganishmoqda.
Mankunianliklar Braunning atrofidagi insonlar bilan aloqaga chiqishgan. "Ayntraxt" futbolchini 64 million evroga baholamoqda. Himoyachiga "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda, biroq myunxenliklar narx sababli kelishuvdan voz kechishlari mumkin.
"Manchester Yunayted" Balde haqida muntazam ravishda ma'lumot yig'ib borayotgani alohida takidlangan.



