"Vinisius daho emas": Fabio Lusiano Vinidan 10-raqamni olib qo'yishni talab qildi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2026
"Korintians" va "Fenerbaxche" klublari sobiq himoyachisi Fabio Lusiano "Real Madrid" yulduzi Vinisius Juniorning Braziliya terma jamoasidagi roli haqida keskin fikr bildirdi.

Uning fikricha, Vinisius afsonaviy "o'ninchi raqam"ga loyiq emas.

"Vinisiusning Jahon chempionatida 10-raqam ostida o'ynashini tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu raqamni undan olib qo'yish kerak. Menimcha, Vini 7 yoki 11-raqamlarda o'ynashi lozim.

U terma jamoada "o'nlik" bo'lishga harakat qilmasligi kerak, chunki u bunday o'yinchi emas. Biz uchun 10-raqam egasi - bu intellektual futbolchi, bu haqiqiy daho demakdir. Vinisius esa daho emas", - dedi Lusiano "ESPN Brasil" efirida.

Eslatib o'tamiz, Neymarning terma jamoadagi kelajagi so'roq ostida tugan bir paytda, Braziliyaning ramziy raqami kimga nasib etishi katta bahslarga sabab bo'lmoqda. Vinisius Junior hozirda jamoaning asosiy yulduzlaridan biri bo'lsa-da, mutaxassislar uning o'yin uslubi klassik "pleymeyker"larga mos kelmasligini takidlashmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca