

Chempionlar Ligasi yarim finalida Myunxen jamoasi Fransiyaning PSJ jamoasiga (4-5, 1-1) yutqazdi.
"Ehtimol, amaldagi chempion sifatida PSJ biroz favorit deb hisoblanishga haqli. Lekin umuman olganda, bu ikki top-jamoa o'rtasidagi qarama-qarshilik teng o'tishi kerak. Ular uslub jihatidan mutlaqo farq qiladi, lekin ikkalasi ham juda kuchli. Final qiziqarli o'tadi.
Biz va PSJning yondashuvi o'xshash. Boshqa top-jamoalarning uslublari boshqacha. Futbolning go'zalligi shunda: turli uslublar g'alabaga olib kelishi mumkin.
Finalni tomosha qilamanmi? Bilmayman, bu mening qayerda bo'lishimga bog'liq. Hozir natijadan xafa holatdaman", – dedi Keyn.
PSJ va "Arsenal" o'rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 30 may kuni Budapeshtda bo'lib o'tadi.



