Kellexer darvozasiga bo'lgan 7 penaltining 4tasini qaytardi

Mirjalol Normatov
27 sen 2025
"Brentford" posboni Kuivin Kellexer "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda penaltini bartaraf qildi.

London klubi APLning 6-turida mankunianliklarni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning 76-daqiqasida Kellexer Brunu Fernandeshning penaltisini qaytarishga  muvaffaq bo'ldi.

Kellexer "Liverpul" va "Brentford"dagi faoliyati davomida 7 penaltining 4tasini qaytardi. Bu 57 foiz natija degani.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC