"Brentford" klub tarixidagi rekord xaridni e'lon qildi

2 avg 2026, 08:20
APLning "Brentford" klubi matbuot xizmati klub tarixidagi rekord xarid haqida xabar berdi.

Angliya klubi "Lans" va Mali terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Mamadu Sangarening transferini hamda futbolchi bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bo'lgan besh yillik shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

"Sky Sports" ma'lumotlariga ko'ra, "Brentford" Sangare uchun 39 million funt to'lagan. Klubning avvalgi transfer rekordi bir yil oldin o'rnatilgan edi - "Bornmut" vingeri Dango Uattara uchun 37 million funt to'langan edi.

Sangare 2025 yildan beri "Lans" safida to'p surib kelayotgan edi. Yakunlangan mavsumda u klub bilan Fransiya Kubogini qo'lga kiritdi va Liga 1da ikkinchi o'rinni egalladi. Uning hisobida "Lans" safida barcha musobaqalarda o'tkazilgan 39 ta o'yinda 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar