Reshford “Barselona”ga murojaat qildi: “Bu unutilmas tajriba bo'ldi. Har lahzadan zavq oldim”

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2026, 14:10
“Manchester Yunayted” vingeri Markus Reshford “Barselona” bilan ommaviy ravishda xayrlashdi.

“Manchester Yunayted” 28 yoshli angliyalik futbolchi o'tgan mavsum ijara huquqi asosida kataloniyaliklar sharafini himoya qilgandi.

“Bu yerdagi vaqtim shunchalik yorqin va unutilmas tajribaga aylangani uchun klubdagi har bir insondan cheksiz minnatdorman. Har lahzadan zavq oldim va ushbu ajoyib xotiralarni bir umrga saqlab qolaman.

Klubga va barcha muxlislarga ushbu mavsumda omad va ulkan zafarlar tilayman.

Olg'a, “Barsa”!”, – deb yozdi Reshford ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

“Barselona” safida o'tkazgan 49 o'yinida Reshford 14 ta gol urib, 14 ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN