

"Dyokeresh qoladi, ha", - deya Artetaning so'zlarini jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida keltiradi.
Avvalroq 28 yoshli shvetsiyalik forvardga Madridning "Atletiko" klubi tomonidan qiziqish borligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Takidlanishicha, shvetsiyalik hujumchi argentinalik Xulian Alvaresning "kanonirlar" safiga o'tishi bo'yicha kelishuvning bir qismi sifatida Ispaniya klubiga o'tishi mumkin edi.
Viktor Dyokeresh 2025 yilning iyul oyidan beri London klubi safida to'p surib kelmoqda. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda u "pushkarlar" tarkibida barcha musobaqalarda 55 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.



