PSJ yangi darvozabon transferi uchun kurashda "Yuventus"ni ortda qoldirmoqda

2 avg 2026, 10:47
Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi "Parma" va Yaponiya terma jamoasi golkiperi Dzion Sudzukini sotib olish uchun kechayotgan kurashda Italiyaning "Yuventus" klubini ortda qoldirmoqda.

Bu haqda jurnalist va insayder Santi Auna xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, parijliklar faol bosqichga kirgan muzokaralarni davom ettirishmoqda. Takidlanishicha, "qizil-ko'klar" uch tomon o'rtasida kelishuvga erishishga harakat qilishmoqda. Bundan tashqari, boshqa bir mashhur insayder Fabricio Romano ham "PSJ"ning yaponiyalik o'yinchiga bo'lgan jiddiy qiziqishini tasdiqladi.

Avvalroq "Parma" 23 yoshli yaponiyalik uchun taxminan 30 million evro olmoqchi ekani xabar qilingan edi. Shu bilan birga, PSJ transferni rasmiylashtirib, muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun darvozaboni darhol ijaraga yuborishni rejalashtirmoqda.

Sudzuki 2024 yildan beri "Parma" safida to'p surib kelmoqda, ushbu davr mobaynida u Seriya Ada 57 ta o'yin o'tkazdiyu

O'xshash yangiliklar