Kelishilgan o'yinlar va o'yinchilarning millionlab pul tikishlari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2025
Qozog'iston futboli yana bir bor shov-shuvli mojaroning markaziga tushib qoldi.

Bosh prokuror Berik Asilovning takidlashicha, keng ko'lamli tekshiruv natijasida Futbol federatsiyasi va mamlakat klublari shartnomalarida aniq taqiqlar borligiga qaramay, kelishilgan o'yinlar, shuningdek, futbolchilar va murabbiylarning bukmekerlik faoliyatiga jalb etilishi holatlari aniqlangan.

Unga ko'ra, tergov davomida "Aktobe"ning 9 nafar futbolchisi umumiy qiymati 110 million tengega teng pul tikkan. Bu ko'rsatkich hatto tajribali mutaxassislarni ham hayratda qoldirdi. Natijada 2025 yil 2 aprelda prokuratura tomonidan Federatsiyaga rasmiy xabarnoma yuborilib, qonunbuzarliklarni bartaraf etish talabi qo'yilgan.

Shundan so'ng FFK moliyaviy intizomni mustahkamlash va tizimni tozalashga qaratilgan hujjat – "Yo'l xaritasi"ni ishlab chiqishga majbur bo'lgan. Unda 33 ta chora-tadbirlar, jumladan, audit, moliyaviy va axloqiy qo'mitalar tashkil etilishi belgilangan. Bundan tashqari, rahbariyatda kadrlarning keskin o'zgarishi amalga oshirilgan: mamuriyat boshlig'i, boshqaruvchi direktor, yuridik, marketing va operacion bo'limlar direktorlari va xavfsizlik boshlig'i o'z lavozimlarini yo'qotdi. Boshqa top-menejerlar lavozimidan tushirildi.

Asilovga ko'ra, ayni paytda Federatsiya futbolga bo'lgan ishonchni tiklash uchun tartibni tiklash va tuzilmani tartibga solish ustida ish olib bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sports24.kz