Kechagi uchrashuvda "Real"ning asosiy futbolchilaridan biri jarohat oldi

Khoja
2 noya 2025
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler “Valensiya”ga qarshi o'yinda majburan zaxiraga olindi.

 20 yoshli futbolchi o'yinni asosiy tarkibda boshlab, Kilian Mbappega golli uzatma berdi. Biroq ikkinchi bo'lim oldidan almashtirildi. Jurnalist Gilermo Rai xabariga ko'ra, turkiyalik yarim himoyachi to'pig'idan engil jarohat olgan. 

Tanaffusda “qirollik klubi” 3:0 hisobida oldinda borayotgan bir paytda, Xabi Alonso asosiy futbolchini almashtirib, uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslikka qaror qildi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru