"Kattaqo'rg'on" ikki nafar legioner bilan xayrlashdi

admin
16 iyul 2026, 11:45
Proliga ishtirokchisi "Kattaqo'rg'on" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibni optimallashtirish ishlarini boshlab yuborgan.

Klub ikki nafar xorijlik futbolchi - Almin Kurtovich va Georgi Pantsulaya bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilgan.

​Ma'lumot uchun, sloveniyalik himoyachi Kurtovich joriy mavsumda Proliga doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi. Gruziyalik hujumchi Georgi Pantsulaia esa jamoa libosida 8 ta bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini 3 bor ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia