"Kattaqo'rg'on" 6 ta o'yinda umuman gol ura olmagan braziliyalik hujumchi bilan xayrlashdi
Narzulla Saydullayev
1 iyul 2026, 18:15
Proliga ishtirokchisi "Kattaqo'rg'on" klubi o'z legioneri bilan shartnomani bekor qildi.
“Martins Silva Isak “Kattaqo'rg'on” klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Braziliyalik futbolchi birinchi davrada “Kattaqo'rg'on” libosida 6 ta uchrashuv o'tkazgan”, - deb yozadi Proliga rasmiy kanali.