

Milliy futbol markazida tashkil etilgan mazkur bahs jamoalarning o'zaro kelishuviga asosan, har biri 35 daqiqadan iborat bo'lgan 3 ta bo'lim shaklida o'tkazildi.
O'yin to'liq "Kattaqo'rg'on" vakillarining ustunligi ostida kechib, 5:0 hisobidagi yirik g'alaba bilan yakunlandi.
Dastlabki bo'limda Abubakr Ashurov jarima zarbasidan unumli foydalanib, o'yinda hisobni ochdi va jamoasini oldinga olib chiqdi.
Uchrashuvning ikkinchi taymida Ensar Brunchevich o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi va hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Ushbu bo'limda boshqa gol kiritilmadi.
Uchinchi bo'limda esa "Kattaqo'rg'on" futbolchilari raqib darvozasiga yana 3 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Xususan, uchrashuv so'ngida Jasur Jumaev hamda Muxriddin Zoirovlar ham gol mualliflari qatoridan joy olib, o'yindagi yakuniy – 5:0 hisobini rasmiylashtirishdi.



