"Xorazm" XXI asrda "So'g'diyona"ni safarda enga olmayapti!

admin
16 iyul 2026, 12:15
Bugun Superliganing 12-turi doirasida "So'g'diyona" uyda "Xorazm"ni qabul qiladi.

​O'zaro o'yinlar tarixi va qiziqarli raqamlar shuni ko'rsatmoqdaki, "Xorazm" jamoasi "So'g'diyona" mehmoni bo'lgan bahslarda haqiqiy noxush ananaga duch kelgan. Jamoa XXI asrda raqib maydonida biror marta ham g'alaba qozona olmagan.

​Umumiy statistika (Safardagi o'yinlar):

​O'yinlar soni: 8 ta

​"So'g'diyona" g'alabasi: 6 ta

​Durang: 1 ta

​"Xorazm" g'alabasi: 1 ta (asr boshlanishidan avval)

​To'plar nisbati: 18 - 8 ("So'g'diyona" foydasiga)

​So'nggi g'alaba qachon bo'lgan edi?

​”Xorazm” ning Jizzaxdan g'alaba bilan qaytgan yagona tarixiy o'yini o'tgan asrga - 1999 yilning 21 avgustiga borib taqaladi. O'shanda xorazmliklar raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urib, 6:2 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritishgan edi.

​Biroq, shundan keyin Jizzaxda o'tgan bahslarda "Xorazm" uchun omad butunlay yuz o'girdi:

​11.04.2000 | "So'g'diyona" 1:0 "Xorazm"

​20.05.2006 | "So'g'diyona" 4:0 "Xorazm"

​05.11.2009 | "So'g'diyona" 1:1 "Xorazm" (yagona ochko olingan bahs)

​19.06.2025 | "So'g'diyona" 1:0 "Xorazm"

​Oradan 26 yildan ortiq vaqt o'tgan bo'lsa-da, Xorazm klubi mehmonda "So'g'diyona" to'sig'idan o'ta olmayapti.

Bu noxush seriya bugungi to'qnashuvda buzilarmikin? Kuzatamiz!

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: championat.asia