Karlo Anchelotti: "Jahon chempioni bo'lish uchun Braziliyaga iqtidor va mustahkam himoya kerak"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2026
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 oldidan jamoasining imkoniyatlari va g'alaba formulasi haqida to'xtaldi.

Italiyalik mutaxassisning fikricha, faqat hujumkor o'yin bilan muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. "Braziliya zafar quchgan oxirgi ikkita Jahon chempionati iqtidor va mustahkam himoyaning ajoyib uyg'unligi evaziga qo'lga kiritilgan. Tarix o'zi uchun gapiradi. Boshqa yo'l yo'q. Faqat hujumda o'ynash etarli emasligiga ishonchim komil", - dedi Anchelotti.

Shuningdek, murabbiy jamoa yetakchilariga yuqori baho berdi: "Tarkibimizda Rafinya va Vini bor - ular ayni damda dunyoning eng yaxshilari. Ushbu futbolchilar Jahon chempionatida o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishlariga ishonaman. Ikkalasi ham kuchli xarakter va individuallikka ega".

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo