

O'yindan so'ng mezbonlar ustozi Sergey Lushchan mag'lubiyat sabablariga batafsil to'xtaldi va futbolchilar haqida fikr bildirdi.
- Keling, shundan boshlaylikki, futbol – bu kasb, to'g'rimi? Agar sizga 6 oy davomida maosh to'lashmasa, birinchidan, siz o'ynamaysiz. Ikkinchidan, mohiyatan olib qarasak, yil boshida yomon jamoa yig'ilmagan edi. Lekin pul to'lanmaganligi sababli, asosiy futbolchilarning bir qismi ariza yozib, jamoadan kyetib qolishdi. Biz ularga FIFA qaroriga ko'ra haligacha pul to'layapmiz, lekin ular bu yerda o'ynashmaydi. Tabiiyki, jamoa birinchi davraning o'rtalarida hech kimsiz, futbolchilarsiz qoldi. Mavsumda o'ynashi kerak bo'lgan asosiy o'yinchilar yo'q edi. Boshqa o'rinli savol: murabbiylar aybdormi yoki futbolchilar? Mening nazarimda – futbolchilar. Men o'zim ham futbolchi bo'lganman. Tushunyapsizmi? Buni xayolimga ham sig'dira olmayman. Menga murabbiy kerak emas. Agar jamoa 11 ta o'yinda mag'lub bo'lsa, bu murabbiylarga emas, futbolchilarga bog'liq masaladir. Qanday qilib 11 ta o'yinda yutqazish mumkin? Ko'chadan oddiy odamlarni yig'ib kelsam ham, ular murabbiysiz o'zlari hech bo'lmaganda bitta o'yinda gol o'tkazmasdan o'ynashadi. Tushunyapsizmi? Bu futbolchilarga, ularning ruhiy holatiga, o'ynashni xohlash yoki xohlamasligiga bog'liq. Albatta, bularning barchasi zamirida moliyaviy holat turibdi. Men ham futbolchi bo'lganman va bizga yarim yil pul to'lashmaganida, menda ham o'ynashga unchalik ishtiyoq bo'lmagan. Qanday o'ynaysiz? Uyda oilangiz, ikkita farzandingiz bo'lsa va fikringiz shu yerda emas, u yerda eyishga ovqat yo'qligida bo'lsa, qanaqa futbol, qanaqa mashg'ulot bo'lishi mumkin? Shuning uchun futbolda va har qanday professional sportda asosiy narsa – bu pul. Tabiiyki, biz shu orqali ro'zg'or tebratamiz. Qolaversa, futbolchining faoliyati qisqa – bor-yo'g'i 15 yil. Agar hozir pul ishlab topmasangiz, qachon topasiz? Yaxshisi, darhol biznes bilan shug'ullangan maqul. Bu mening fikrim. Shuning uchun har qanday ishda mayda-chuyda narsalar bo'lmaydi. Moliya, mehnatga layoqatlilik, mehnatsevarlik va hokazo – bularning barchasi bir-biriga bog'liq bo'lishi kerak. Birortasi ishdan chiqsa, ish yurishmaydi, bu umuman boshqa ishga aylanib qoladi. Tushuntira oldimmi?”,- deydi Sergey Lushchan.
Ma'lumot uchun, “Mashal” navbatdagi o'yinini 21 noyabr kuni “Nasaf”ga qarshi o'tkazadi.


