

Lionel Messi to'p tepayotgan "Inter Mayami" 1-raundda "Kolambus" bilan to'qnash keladi. Muntazam chempionat yakunlariga ko'ra, Florida klubi Sharqda 2-o'rinni egallagan bo'lsa, "Kolambus" 7-pog'onani band etdi.
Sharqdagi boshqa juftliklarda "Neshvill" (1-o'rin) Antuan Grizmann harakat qilayotgan "Orlando" (8) va "Cincinnati" (9) o'rtasidagi pley-in g'olibi bilan, "Nyu-Inglend Revolyushn" (3) - "Filadelfiya" (6) bilan, Robert Levandovskining "Chikago" klubi (4) esa "Sharlott" (5) bilan o'ynaydi.
O'yinlar Best of 3 (ikkita g'alabagacha) formatida o'tkaziladi.
G'arbiy konferenciyadagi pley-off juftliklari bugun aniqlanadi.




