

"Kutish jarayonida nima bilan shug'ullandim? Futbol tomosha qildim. Premer-ligani. Qaysi o'yinni? Turli xil, lekin oxirgisi "Forest"ning "Siti"ga qarshi bahsi bo'ldi.
Men baribir oxirgi o'rindan start olaman, shuning uchun bularning hech qanday ahamiyati yo'q (kuladi). Hayotimning 12 soatini yo'qotdim va ularni endi ortga qaytara olmayman", - dedi Ferstappen Viaplay telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, poygada Maks so'nggi qatordan start oladi, chunki niderlandiyalik sportchining bolidida kuch qurilmasi almashtirilgan.



