"Juda yaxshi raqiblar". Karpin - Rossiya terma jamoasining O'zbekiston va Venesuelaga qarshi o'yinlari haqida

22 okt 2026, 09:14
Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya terma jamoasining bo'lajak raqiblari haqida o'z fikrini bildirdi.

Noyabr oyida bo'lib o'tadigan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlarida Rossiya terma jamoasi O'zbekiston va Venesuelaga qarshi maydonga tushadi.

"Juda yaxshi raqiblar. Yig'inlarda bo'lamiz, ularning kuchli tomonlarini ajratib ko'rsatamiz. Yaqin orada kengaytirilgan tarkibni aniqlab olamiz", - dedi Karpin.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi uchrashuv 12 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com