Eshitdik-da! Futzal bo'yicha O'zbekiston XXX milliy chempionati sentyabr oyida start oladi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2026, 15:59
2026/2027 yilgi O'zbekiston futzal mavsumi joriy yilning 2 sentyabr kuni start oladi.

Yangi mavsum Toshkent shahrida mamlakatning amaldagi chempioni BMB hamda O'zbekiston Kubogi finalchisi SQB jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan Superkubok bahsi bilan rasman ochiladi.

Manbalarga ko'ra, mamlakatning XXX yubiley milliy chempionati bahslariga ham sentyabr oyining birinchi o'n kunligida start berilishi rejalashtirilgan. Yangi mavsum boshlanganidan so'ng Xose Mariya Mendes boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Yevropa davlatlarida o'tkazilishi ko'zda tutilgan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlariga jo'nab ketadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia