

Yarim himoyachi Osiyo mamlakatiga moslashishda qiyinchiliklarga uchramoqda va shu sababli u jamoani tark etmoqchi. Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, 33 yoshli futbolchiga Italiyaning “Yuventus” klubidan taklif bor. Turinliklar ingliz futbolchini ijaraga olishni reja qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi xavbeki 2023 yilning yozida 12 mln. funt evaziga "Liverpul"dan Saudiya Arabistonining "Al Ittfoq" jamoasiga o'tgan edi. U kelishuvning 3 yillik davri mobaynida "Liverpul"dagi maoshidan 4 baravar ko'p daromad topishi belgilangan.



