Balotellida BAA 2-ligasi vakili "Al-Ittifoq"dan taklif bor. 35 yoshli hujumchi 2024 yil dekabridan beri o'ynamayapti

Aslanov Jasurbek
31 dek 2026
Balotelli BAA ikkinchi divizioni vakili "Al-Ittifoq" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Mario Balotelli BAA ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi Dubayning "Al-Ittifoq" klubidan taklif oldi.

35 yoshli futbolchi so'nggi bor maydonga 2024 yil 21 dekabrda – "Jenoa" safida A Seriya doirasidagi "Napoli"ga qarshi o'yinda zaxiradan tushgandi.

Shuningdek, Balotelli "Milan", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Inter"dagi o'yinlari orqali tanilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportitalia