Tomas Tuxel bugungi qiyin g'alabadan so'ng nimalar dedi?

6 iyul 2026, 10:09
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026 1/8 finalida Meksika jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan (3:2) keyin o'z tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

"Men juda faxrlanaman. Bizga har bir futbolchi kerak edi. Ishonib bo'lmaydigan darajada qiyin bo'ldi. O'yin tizginini qo'lga oldik deb o'ylagan paytlarimizda, ortga ketishlar kuzatildi. Ammo bizda mentalitet to'g'ri shakllangan.

Vaziyat yomonlashganda, futbolchilar taslim bo'lishmaydi, ishonchni yo'qotishmaydi. Bu oldinga tashlangan yana bir qadam bo'ldi.

Biz bu o'yinni hazm qilib olishimiz kerak. Bu "Acteka", bu Meksika terma jamoasi - dahshatli o'yin bo'ldi. Har birimiz bor kuchimizni berdik. Buni anglab yetishimiz lozim. Oldinga harakat qilishda davom etamiz", - deya ma'lum qildi Tomas Tuxel.

Chorak finalda Angliya Norvegiyaga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com