Postekoglu Ronaldu haqida: U Al Nassrga yaxshi sport formasida qaytdi. Klub murabbiylari terma jamoada yuz berayotgan voqealarni muhokama qilishini yoqtirmayman

Administrator
7 okt 2026, 23:38
Postekoglu Ronaldu haqida: u Al Nassrga yaxshi holatda qaytdi.

Al Nassr bosh murabbiyi Enj Postekoglu Krishtianu Ronalduning ayni damdagi holati haqida gapirdi.

Avvalroq 41 yoshli hujumchi 27 sentyabr kuni bo'lib o'tgan Norvegiyaga qarshi uchrashuvda uni maydonga tushirmaslikka qaror qilgan bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan nizo sabab Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etgan edi.

Ronaldu yaxshi holatda qaytdi hamda ruhiy va jismoniy jihatdan tayyor, biz uchun esa eng muhimi shu.

Terma jamoa va u yerda sodir bo'lgan voqealarga kelsak, o'zim ham milliy jamoada murabbiy bo'lib ishlaganman va klub murabbiylari terma jamoa ichida ro'y berayotgan ishlarni muhokama qilishini sira yoqtirmasdim, shu bois bu haqda gapirmayman, – dedi avval Avstraliya terma jamoasini boshqargan Postekoglu.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Alriyadah