

"Bu o'yinga tayyorgarlik jarayonida raqibni o'rganib chiqqanimiz hisobiga yirik hisobdagi natijaga erishdik. Albatta, oxirida bo'shashdik. Yakunda darvozamizdan to'p olib chiqdik. Umuman olganda futbolchilarga katta rahmat aytaman", - deydi Ixtiyor Karimov.
- O'zgarishlar qay darajada naf berdi?
- Savolingizga umumiy qilib javob beraman. Bu yerda o'yinchini almashtirayotgan vaqtimizda o'rtada o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchilarni qo'yishga majbur bo'ldik, chunki keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshladik. G'anisher yomon harakat qilmadi, faqat biroz shoshildi. O'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Bu taktik o'zgarish edi.
- "Sho'rtan"ning "Aral"ga yetib olish imkoniyatlari qanday?
- Og'ir vaziyat deb bo'lmaydi. Avvalo o'z o'yinlarimizda yaxshi natijaga erishishimiz kerak. Buni vaqt ko'rsatadi, balki "Aral"ga yetib olarmiz.
- Ikkita bo'limda jamoa ikki xil o'yin ko'rsatganini qanday izohlaysiz?
- Biz bu raqibga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. 2:0 dan keyin har qanday jamoa extiyotkor futbol o'ynaydi. 3:0 dan so'ng tempni tushirdik va sekin harakat qildik. Boshqa poziciyadagi futbolchilarni o'rtaga o'tkazganimizdan so'ng asabiylik kuzatildi.
- Keyingi mavsumda rahbariyat sizga imkon bersa qabul qilasizmi?
- Imkoniyat berilsa bemalol ishlayveraman. Birinchi o'rinda o'zimni tayyor deb bilsam ishlashim mumkin.



