

71 yoshli mutaxassisning aytishicha, u hali Ronaldu bilan suhbatlashmagan, ammo yaqin vaqt ichida jamoadagi har bir futbolchi bilan alohida uchrashuv o'tkazadi.
"Men hali Krishtianu bilan gaplashmadim. U na terma jamoa uchun, na men uchun muammo. Odamlar bu haqda turlicha fikr bildirishi mumkin.
Men Krishtianu bilan ham, boshqa har bir futbolchi bilan ham alohida suhbatlashaman.
Krishtianu - Portugaliyaning ramzi. U bilan ishlash men uchun katta zavq bo'lgan. Endi uning o'zi nimani istayotganini bilishim kerak.
U menga doim faoliyatini "Al Nassr"da yakunlashni xohlashini aytgan. Endi esa uning o'zi uchun eng to'g'ri qaror qaysi biri ekanini ko'ramiz", - dedi Jezush.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu JCH–2026 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi mag'lubiyatdan (0:1) so'ng bu uning faoliyatidagi so'nggi mundial bo'lganini ma'lum qilgan edi. Jezush esa avval "Al Nassr"da Ronaldu bilan birga ishlab, jamoani Saudiya Arabistoni chempionligiga olib chiqqan.


