

"Eng muhimi - Ronalduning hozirgi o'yini. O'tmish hisobga olinmaydi. U boshqa futbolchilar kabi oddiy futbolchi. Agar yaxshi o'ynasa, maydonga tushadi. Agar yaxshi o'ynamasa, umuman o'ynamaydi.
Ronalduning maqomi - u besh marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan - qarorlarimga ta’sir qilmaydi", - dedi Jezush.
Jorje Jezush va Ronaldu avval "Al Nassr"da birga ishlagan.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Sentyabr–oktyabr oylarida Portugaliya Uels, Norvegiya (ikki marta) va Daniyaga qarshi o'yinlarda maydonga tushadi.



