JCH–2026 qaydnomasidan o'rin olgan Kongo DR futbolchisi mundialda qatnashmaydi

Оқил Абдубарноев
21 may 2026, 12:20
Kongo Demokratik Respublikasi Futbol Federatsiyasi himoyachi Roki Bushirining jarohati sababli 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini rasman e'lon qildi.

"Xibernian" (Shotlandiya) a'zosi o'z klubi safidagi so'nggi uchrashuvda orttirilgan jarohat tufayli turnirni o'tkazib yuborishga majbur bo'lmoqda.

Jahon chempionatida ishtirok etadigan 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro'yxatni to'ldirish maqsadida terma jamoa murabbiylar shtabi Shotlandiyaning "Kilmarnok" klubi yarim himoyachisi Aaron Tshibolani qaydnomaga kiritdi.

Takidlash joizki, Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi JCH–2026 guruh bosqichida O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Конго Демократик Республикаси Футбол Федерацияси