

“Futbolchilarning 90 foizi, hatto 99,9 foizi degan bo'lardim, baxtsiz. Ularning zimmasida juda katta yuk bor va mas'uliyat beqiyos. Ular aslida nimani his qilayotgani hech kimni qiziqtirmaydi, axir siz natija ko'rsatishga majbur bo'lgan dunyodasiz.
Yoningizda kim turganini bilmaysiz, bu odamlar nega bu yerda ekanini tushunmaysiz... Munosabatlaringiz chinakam ekaniga ishonch hosil qila olmaysiz. Bazilar o'z qobig'iga o'ralashib oladi, aslida nima bo'layotganini oxirigacha anglamay, atrofdagi hammani o'zidan itaradi. Juda ko'pchilik niqob taqib yuradi. Ular bu niqoblarni uyda, oilada yoki do'stlar bilan bo'lgan munosabatlarda ularni haqiqatan ham ko'rishayotgani va eshitishayotganiga ishonchlari komil bo'lmagani uchun taqishadi. Ular xuddi bir go'sht bo'lagidek.
O'zingni xursand ko'rsatish yaxshi, lekin tunda uxlay olasanmi? Kimdir uxlay olmaydi va dori vositalarini istemol qilishga majbur bo'ladi. Agar ularni doimo qabul qilsangiz, bu shunchaki charchoq emas. Kimdir najotni oqshomlardagi bazmlardan, kimdir o'yin pristavkasidan izlaydi - sizni reallikdan uzoqlashtiradigan dofaminning turlari juda ko'p. Ko'plab futbolchilar yolg'izlikdan qochadi, chunki yolg'izlik bilan to'qnashish bu o'z-o'zing bilan to'qnashish demakdir”, – deydi allaqachon futbolchilik faoliyatini yakunlagan 35 yoshli Kakuta.



