

Mezbonlar 4:1 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
32-daqiqada "Nyukasl" yarim himoyachisi Lyuis Mayli o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Djeyden Bogl "Lids"ning ustunligini oshirdi. Mehmonlar darvozasiga uchinchi golni 45+1-daqiqada hujumchi Dominik Kalvert-Lyuin kiritdi. 59-daqiqada forvard Noa Okafor hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi. 90-daqiqada esa "Nyukasl" yarim himoyachisi Bazumana Ture bitta javob to'pini kiritdi.
APL, 4-tur
“Lids” - “Nyukasl” 4:1
Gollar: Mayli 32 (avtogol), Bogl 34, Kalvert-Lyuin 45+1, Okafor 59 - Ture 90.
Angliya chempionatining to'rtta o'yinidan so'ng "Lids Yunayted" 8 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. "Nyukasl Yunayted" esa 5 ochko bilan 12-qatorda bormoqda.



