"Nyukasl" JCH-2026 ishtirokchisi bilan bitim tuzdi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2026, 18:10
"Nyukasl" Portugaliyaning "Braga" klubi hamda Chexiya terma jamoasi darvozaboni Lukash Gornichekning transferini e'lon qildi.

24 yoshli darvozabon Angliya klubi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, "hakkalar" futbolchining "Braga" bilan shartnomasida ko'rsatilgan 25,7 million funt miqdoridagi tovon pulini to'lab bergan.

4.jpg

Gornichek 2026 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi, ammo Chexiyaning turnirdagi barcha uchta o'yinini zaxira o'rindig'ida o'tkazgan.

U o'tgan mavsum "Braga" libosida barcha musobaqalarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 51 ta to'p olib chiqdi va 24 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: newcastleunited.com