JCH-2022 saralashi. Iroq Suriyani yuta olmadi, BAA esa Janubiy Koreyani engib, OFK pley-offida Avstraliya bilan to'qnash keladigan bo'ldi

Sherzod Nurmatov
29 mar 2022
JCH-2022 saralash bosqichi so'nggi turidan joy olgan navbatdagi 2 ta bahs yakunlandi.

Birinchi o'yinda BAA Harib Abdulla Suhaylning goli evaziga o'z maydonida Janubiy Koreyani yutib, pley-offga yo'l oldi va endi 7 iyun kuni Doxada Avstraliya bilan to'qnashadi. G'olib jamoa 13 iyun kuni yana Doxada KONMEBOLning beshinchi jamoasi (uni ertaga bilib olamiz)ga qarshi ro'baro' keladi.  

Ikkinchi o'yinda Iroq Suriya bilan durang o'ynadi va pley-offda qatnashish imkoniyatidan butkul mahrum bo'ldi.

Uchinchi saralash bosqichi

"A" guruhi. 10-tur

BAA – Janubiy Koreya 1:0

"Al Maktum" stadioni

Gol: Harib Abdulla Suhayl 54'

Suriya – Iroq 1:1

"Al Rashid" stadioni

Gollar: Alaa Al Dali 3' – Ayman Hussayn 31'


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia